OTMga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar ro`yxati

Abituriyent Davlat xizmatlari markazlari yoki oliy ta'lim muassasalari orqali hujjat topshirganda soʻrovnoma toʻldiradi va quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:

- pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma);

- maktabni, kollejni yoki litseyni tugatganlik toʻgʻrisidagi hujjat (ilovasi bilan);

- imtiyozga ega boʻlganlar imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.

Abituriyent bir vaqtda, oʻqitishning bir shakli doirasida 3 tagacha OTMni tanlashi mumkin.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hujjatlar 15-iyundan 15-iyulgacha abituriyentlarning doimiy roʻyxatda turgan joyidan qatʼi nazar qabul qilinadi.

Boshqa oliy oʻquv yurtlariga hujjatlar oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.