Samarqand shahrida Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumi oʻtkaziladi

2018-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur forum ikki davlat taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarini har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma hisoblanadi.

26–27-oktabr kunlari oʻtkaziladigan forumda Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.  

Forumda mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari oʻrtasida integratsiyani yoʻlga qoʻyish, muhandislik, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. 

Forum yakunida 100 ga yaqin hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda. Bitimlar asosan Rossiyada rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalarining tajribasini Oʻzbekiston oliygohlariga tatbiq etishga qaratilgan.

 

Manba: Axborot xizmati

22.10.2022