“Spark” avtomobiliga ega boʻlmoqchimisiz?

Shoir va yozuvchilar hayoti, ijodi haqida bilim va imkoniyatlaringizga ishonasizmi? Unda “Ilhom” mukofoti tanlovida ishtirok etib, oʻzingizni sinab koʻring!

“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin – “Spark” avtomobili;
2-oʻrin – 30 mln soʻm pul mukofoti;
3-oʻrin – 15 mln soʻm pul mukofoti.

Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqich – har yili 20-martga qadar oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;

 2-bosqich – har yili 10-mayga qadar asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

Shoshiling, 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullariga ariza bilan murojaat qiling!

 

Manba: Axborot xizmati

22.02.2022