OʻzDSMI magistranti xalqaro festivalda biryо‘la ikki mukofotni qо‘lga kiritdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 1-bosqich magistranti, yosh rejissiyor Shokir Xoliqov animatsion filmlar vatani bо‘lgan Yaponiyada bir yо‘la ikki mukofotni qо‘lga kiritdi.

Yaponiyada о‘tkazilgan DigiCon6 Asia animatsion filmlar festivalida Shokir Xoliqovning “Qiz va Bulut” animatsion filmi ikki mukofotni: “Mintaqaning oltin filmi” va “Festivalning oltin filmi” mukofotlariga sazovor bo’ldi hamda 3 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Maʼlumot o‘rnida, Shokir Xoliqov bungacha 40 dan ortiq xalqaro festivallar g‘olibi boʻlgan edi. U boshchiligidagi о‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar tomonidan ishlangan qisqa metrajli “Messi” nomli filmi ham “48 Hour film race” festivalining biryо‘la ikkita mukofoti “Eng yaxshi film” hamda “Eng yaxshi drama” nominatsiyalari bо‘yicha g‘olib deb topilgan.

 “Messi” filmini koʻrish: https://youtu.be/YI7y2XhEiv0

 

Manba: Axborot xizmati

22.11.2021