Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi

Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).

Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs (talaba) keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq  2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.

Manba: Axborot xizmati

22.11.2021