Malayziyaning Malaya universiteti rektori bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Malayziyaning Malaya universiteti rektori Moxd Xamdi Abd Shukor bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Uchrashuv davomida oliy ta’lim sohasida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini jadallashtirish istiqbollari, hamkorlikning bugungi holati muhokama qilindi.

Malaya universiteti rektori Oʻzbekistondagi qisqa vaqt ichida olib borilgan oʻzgarishlarga, jumladan, oliy ta’lim sohasidagi oʻzgarishlarga alohida toʻxtalib, ularni yuqori baholadi. 

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar oʻzaro munosabatlarning oliy ta’lim sohasini qoʻllab-quvvatlash doirasida hamkorlikni yanada kuchaytirish yoʻllarini belgilab oldilar.

 

Manba: Axborot xizmati

23.10.2021