​Zilzila bo’lganda nima qilish kerak?

Zilzila vaqtida nima qilish kerakligini yozishdan avval, tayyorgarlik choralarini aytib o’tamiz.

Tayyorgarlik Choralari

§ Baland va katta mebellarni ag’darilib ketmasligi uchun mahkamlab qo’ying.

§ Ehtiyotdan konserva maxsulotlari, suv, gugurt, zajigalka, dorilar, hujjatlaringiz (passport, yashash joyida ro’yhatdan o’tganlikni tasdiqlovchi hujjat, bank kitobchasi, hamyon va boshqalar), fonar, portativ radio, simsiz telefon uchun murvatli zaryadlovchi moslama va yengil kiyimlarni ryukzakka solib qo’ying. Ularning umumiy og’irligi 3 kg dan oshmasligi kerak.

§ Do’stlaringiz va oila a’zolaringiz bilan zilzila vaqtida nima qilish kerakligi: uydagi eng havfsiz joy, rayoningiz uchun ko’zda tutilgan evakuatsiya punkti; ehtiyotdan tayyorlab qo’yilgan ryukzakni qayerda saqlash kerak, zilziladan so’ng oila va do’stlar bilan bog’lanish va boshqalar haqida suhbatlashing.

§ O’zbekiston elchihonasiga Yaponiyadagi manzilingiz haqida ma’lumot bering. Tabiiy ofat yuz berganda, O’zbekiston hukumati jabrlanganlarga yordam ko’rsatish imkoniga ega bo’ladi.

Mana biz zilzilaga (yoki boshqa biror bir tabiiy ofatga) tayyorgarlik choralari haqida bilib oldik.
Quyida ofat yuz bergan holatda, qanday to’g’ri yo’l tutish haqida ko’rsatma keltirilgan.

Bino Ichida Bo’lsangiz

§ Stol tagiga yoki eshik o’rniga berkining.

§ Oynadan uzoqda bo’ling, chunki silkinish oqibatida u sinishi mumkin.

§ Jihozlar ag’darilgan hollarda, tashqariga chiqishga intilmang.

§ Silkinishdan so’ng biror bir alanga va olov yo’qligiga ishonch xosil qilib, so’ng binoni tark eting.

Agar Ko’chada Bo’lsangiz

§ E’lon taxtalari yoki oyna siniqlari kabi jihozlarning ustingizga tushishidan saqlaning.

§ Harakatdagi avtomobil yoki to’mparilishi mumkin bo’lgan jihozlardan saqlaning.

§ Jamoat transport vositasida bo’lsangiz, yordamchi ko’rsatmalarga amal qiling.

§ Mashina boshqarayotgan bo’lsangiz, uni to’xtatib yo’l chetiga qo’ying va ko’zda tutilgan evakuatsiya marshruti bo’yicha piyoda harakatlaning.

Zilzila To’xtagandan So’ng

§ Televizor yoki internet tarmog’iga kirish chegaralangan bo’lishi mumkin, shuning uchun radio orqali ma’lumot olishingiz mumkin

§ Binoni tark etishdan oldin yong’in yuzaga kelishining oldini olish uchun gaz klapanini o’chiring

§ Agar sizning binoingiz buzilish havfi ostida bo’lsa yoki tsunami haqida ogohlantirish berilsa, o’z tumaningizga qarashli eng yaqinda joylashgan evakuatsiya joyiga evakuatsiya
qiling.

Zilziladan Keyin Aloqada Qolish

Yaponiyada zilziladan keyin hamma Yaponiya Telefon va Telegraf xizmatining Favqulodda vaziyat uchun Xabarli raqam (171) xizmatidan foydalanish kerak bo’ladi. Ushbu raqam faqat favqulodda vaziyat yuzaga kelganda ishlaydi, u ohirgi marta songi yillardagi Kumamoto zilzilalarida qo’llanilgan. Foydalanish uchun 171 ni tering va ko’rsatmaga amal qilgan holda xabar qoldiring yoki xabarni eshiting.

Agar Zilzila sodir bo’lganda nima qilish kerakligi haqida savol bo’lsa, o’z shahar boshqarmangizga javob olish uchun murojat qiling!