Hay'at

Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi 341-son qaroriga muvofiq Vazirlik Hay'ati faoliyati quyidagicha tashkil etiladi;

Vazirlikda Vazir (hay'at raisi), uning o`rinbosarlari (lavozimiga ko`ra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yo`nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo`linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay'at tashkil etiladi.

Hay'at a'zolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay'at vazirlikning eng yuqori organi hisoblanadi va uni ishini tashkillashtirish Vazirlikning 2014 yil 30 may "Vazirlik reglamentini tasdiqlash haqida"gi 305 sonli buyrug`i bidan tasdiqlangan Reglament asosida amalga oshiriladi.

Xay'atning yillik ish rejasi vazirlik boshqarma va bo`limlarining takliflari asosida shakllantiriladi va Hay'at raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay'at yig`ilishlariga, odatda, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, muassasa va tashkilotlar rahbarlari taklif etiladi. Zarurat tug`ilganda shoshilinch masalalarni ko`rib chiqish uchun Hay'at rejasidan tashqari yig`ilishlar o`tkazilishi mumkin.

Oxirgi uch yil ichida oliy ta'lim tizimida optik tolali elektron aloqa tizimi joriy etilishi munosabati bilan Hay'at Kengashi yig`ilishlarini video-selektor shaklida o`tkazish joriy etilgan.

Hay'at yig`ilishiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazishni muvofiqlashtirish maqsadida vazir yoki vazir topshirig`iga binoan vazirning birinchi o`rinbosari tomonidan vazir o`rinbosarlari yoki boshqarma boshliqlari tarkibidan mas'ul xodim belgilanadi. Mas'ul xodim Hay'at yig`ilishining kun tartibidagi masalalar bo`yicha ma'lumotnoma va qaror loyihalarini tayyorlash sifatini, yig`ilish bo`lib o`tadigan joyni belgilash, yig`ilishga taklif etiladigan xodimlarni belgilash hamda Hay'at qarorlarini o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirib, joylarga o`z vaqtida yetkazishga oid barcha ishlarni nazorat qiladi. Amalga oshirilgan ishlar haqida vazirlikning Apparat Kengashiga axborot beradi.

Hay'at qarorlari va ularga oid hujjatlar aniq ifodalanishi, qonun hujjatlariga muvofiq kelishi, ko`rib chiqilayotgan masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini o`ziga olgan bo`lishi, ijrochilar oldiga aniq maqsad va vazifalar qo`yishi, ularni bajarishning aniq muddatlarini belgilashi kerak.

Yig`ilishning kun tartibi, odatda, yig`ilish o`tkaziladigan kundan 10 kun oldin tayyorlanadi va Hay'at a'zolariga Hay'at kotibi tomonidan tarqatiladi.

Yig`ilishda ko`riladigan masalalar bo`yicha 5 kun oldin Hay'at qarorlari loyihalari taalluqli ma'lumotnomalar va asoslar bilan mas'ul boshqarma (bo`lim) tomonidan kelishish uchun Hay'at raisi va a'zolariga tarqatiladi. Hay'at qarorlari bo`yicha Hay'at a'zolari o`rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud bo`lsa, ular bu haqda Vazirga yozma axborot berishlari lozim. Hay'at a'zosi bir soat ichida loyiha bilan tanishib, tegishli qo`shimcha va takliflar bilan qaytaradi. Masalani Hay'at muhokamasiga kirituvchi mas'ul boshqarma (bo`lim) loyiha yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda uni qayta ishlab chiqib, Hay'at a'zolariga imzoga (vizaga) kiritadi.

Hay'at qarori loyihalari Hay'at a'zolari tomonidan imzolangan (asosan qaror qismidan iborat bo'lgan) tegishli ma'lumotnoma (ilova shaklida) kiritilayotgan masalaning qisqacha axboroti bilan, Hay'at yig`ilishi o`tkaziladigan kundan 3 kun ilgari Hay'at kotibiga topshiriladi. Hay'at kotibi kun tartibidagi masalalar bo`yicha tayyorlangan qaror loyihalarini Hay'at raisi va a'zolariga yig`ilishdan oldin tarqatilishini ta'minlaydi.

Yig`ilishda Hay'at a'zolari va vazir topshirig`i bilan taklif etilgan oliy ta'lim muassasalari rektorlari, tashkilot va muassasa rahbarlari va mas'ul xodimlari ishtirok etadi.

Vazirlik hamda uning tasarrufida bo`lgan muassasa va tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlash maqsadida har haftada bir marta, odatda, seshanba kuni soat 09-00 da vazir yoki vazir topshirig`iga binoan vazirning birinchi o`rinbosari tomonidan vazir o`rinbosarlari, boshqarma va bo`lim boshliqlari, huquqshunos va Hay'at kotibi, tasarrufdagi muassasa va tashkilotlar rahbarlari hamda yig`ilishga taklif etilgan ma'ruzachilar ishtirokida Apparat Kengashi yig`ilishlari o`tkaziladi. Ularda ko`rib chiqilishi, ijro, mehnat va moliya intizomi monitoringi, Vazirlik Hay'atida muhokama etiladigan qaror loyihalari, vazirlik ish rejasining o`tgan davr mobaynida qanday bajarilayotganligi to`g`risidagi hisobotlar hamda vazirlik apparatining joriy faoliyati masalalari vazirlikning Apparat Kengashi yig`ilishida muntazam ravishda ko`rib chiqiladi.