Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”giPF-5789-sonli Farmoniasosida oliy ta’lim muassasalari huzurida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 4 ta mintaqaviy (QQDU, BuxDU, SamDU, FarDU huzurida) va 17 ta tarmoq (TDTU, TATU, O‘zMU, TDAU, TKTI, TDPU, O‘zDJTU, TTESI, TDIU, TAQI, TTA, O‘zRJTSV, O‘zDSMI, TIQXMMI, TDYU, TDO‘TAU, SamVMI) markazlarhamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazida oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar.

Ushbu Farmon asosida malaka oshirishning bevosita va kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir-birini to‘ldirish tamoyillari asosida rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirish tizimiamaliyotga joriy etilgan bo‘lib, bunda uzluksiz malaka oshirish tizimi mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish, muqobil
malaka oshirish, ta’lim dasturlari asosida ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida bevosita o‘qish shakllarini o‘z ichiga oladi.

Rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimi quyidagi shakllarni o‘z ichiga oladi:

- mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;
- muqobil malaka oshirish;
- ta’lim dasturlari asosida ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida bevosita o‘qish.

Bunda akademik ilmiy unvoniga ega bo‘lish, xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish yoki stajirovka o‘tash, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilish, himoya qilingan dissertatsiya ishlariga ilmiy rahbarlik qilish, darslik yoki o‘quv qo‘llanma tayyorlash kabi faoliyat turlari muqobil malaka oshirish shakllari sifatida e’tirof etiladi.

Shuningdek, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida ishdan ajragan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) o‘qish umumiy davomiyligi 144 soat etib belgilandi.

Nafaqa yoshidagi, uch yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar hamda nogironligi bo‘lganlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qishi masofaviy shaklda tashkil etildi.

Masofadan o‘qitish kurslarining on-layn va of-layn texnologiyalariga asoslangan dasturiy platformasi, o‘quv-metodik resurslari yaratildi, shuningdek, onlayn ma’ruza va
konsultatsiyalar, vebinar kabi zamonaviy shakllari amaliyotga joriy etildi.

Oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litsey rahbar
va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyun “Oliy ta’lim muasasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli Farmonitakomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgust “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli Farmoni to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabr “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli Qarori to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 25-sonli Qarori tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 25-sonli Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentabr “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-sonli Qarori to‘g‘risida”gi 278-sonli Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentabr “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli Qarorito‘g‘risida”gi 797-sonli Qarori