Xorijiy talabalarni qabul qilish

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida" 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq:
xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga OTM tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi;
oliy ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin;
chet el fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha O‘zR fuqarolari uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.