Sirtqi ta'lim

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti

2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi

2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi OTMlari bakalavriatining SIRTQI taʼlim shakli uchun davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimlanishi.

Sirtqi ta’limga qabul

O‘qitishning sirtqi shakliga talabalikka qabul faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq:

Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlari yoki oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) orqali tanlov asosida amalga oshiriladi.

Bunda:
oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari orqali o‘qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) orqali tanlov asosida o‘qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizomga 5-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.