Umumiy o'rta ta'limi

O`rta maktab ta'limi

Umumiy o`rta ta'limning maqsadi ishtirokchilarni madaniy va maishiy, xalq xo`jaligining turli sohalarida faoliyat ko`rsatish uchun zarur bo`lgan fan asoslarining tizimli bilimlari, mahorat va malaka bilan qurollantirishdan hamda maxsus ta'lim olish (kasb-hunar, texnik, o`rta, oliy) imkoniyatini yaratishdan iboratdir.

Umumiy o`rta ta'lim tizimi

O`zbekistonda majburiy, bepul, muddati 9 yildan iborat bo`lgan umumiy o`rta ta'lim mavjud bo`lib, u boshlang`ich (1-4- maktab sinflari) va o`rta (5-9- maktab sinflari) ta'limga bo`lingan.

Boshlang`ich ta'lim umumiy o`rta ta'lim olish uchun zarur bo`lgan bilim va malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yo`naltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi.

Boshlang`ich ta'lim O`zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga etgan barcha bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan bolalar) boshlang`ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang`ich ta'limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola boshlang`ich maktabni tugatar ekan, u o`qish, yozish va hisoblash mahoratiga ga bo`lishi kerak. O`quvchiga nazariy fikrlash elementlari, o`rgatilgan harakatlarni boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari, sog`lom hayot tarzi va jamiyatda o`zini tutish bilimlari ham berib boriladi. O`quv fanlarining sifat va tirkibi boshlang`ich maktabda, maktab turi va o`qitish sharoitlariga ko`ra o`zgarib turadi.

Maktabning barcha birinchi sinf o`quvchilari bepul o`quv kitoblari va o`quv asboblari bilan ta'minlanadi. 1996 yildan beri kam ta'minlangan oilalardan bo`lgan 1-9- sinf o`quvchilari har yili davlat byudjeti hisobidan o`quv ashyolari hamda qishki kiyim komplektlari bilan ta'minlanadi. O`zbekistonda boshlang`ich va o`rta ta'lim tashkil qilinishi va tarkibiga ko`ra bir - biri bilan bevosita bog`liq. Har bir umumta'lim maktabi ikkala pog`onada umumiy o`rta ta'limni amalga oshiradi. Bu boshlang`ich maktabda bitiruvchilarning to`liq hisobini olib borishni va umumiy o`rta ta'lim tizimida uzluksizlikni ta'minlaydi.

Umumiy o`rta ta'lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo`yib, boshlang`ich professional yo`nalishni va ta'limning keyingi pog`onasini tanlashda ko`maklashadi.

Umumiy o`rta ta'lim boshlang`ich ta'limning mantiqiy davomi bo`lsa ham, tarkibiy sifatiga va o`qitish uslubiga ko`ra farq qiladi. Umumiy o`rta ta'lim ishtirokchining ijtimoiy mavqeini belgilab olishga bo`lgan ishtieq, qiziqish va qobiliyatlarini, uning shaxs bo`lib shakllanishini ta'minlaydi. O`quvchi o`rta maktabda fan asaslari bo`yicha tizimli bilimlarni oladi. Ta'lim jarayonida keng duneqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bo`ladi. Xalqning boy ma'naviy va madaniy me'rosi bilan tanishtirib borish orqali bolada atrofdagi olamga bo`lgan g`amxo`rlik hissi uyg`otib boriladi. O`rta maktab o`quvchilar uchun maktab fanlarini mustaqil o`rganishga keng imkoniyatlar ratib beradi. O`rta ta'limning tarkibiy qismiga majburiy va qo`shimcha komponentlar kiradi.

Majburiy komponent davlat ta'lim standartlari bilan aniqlanadi va ishtirokchining minimal kerakli tayyorgarlik darajasini belgilaydi. Uning muvaffaqiyati o`rta ta'lim muassasalari tomonidan kafolatlanadi. Bu komponent davlat va jamiyat buyurtmasi, shaxsning qiziqish va talabi asosida belgilanadi.

Qo`shimcha komponent ishtirokchining talab va qobiliyatidan, maktabning moddiy-texnik va kadrlar bilan ta'minlanganlik darajasidan, territoriyaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga bo`lgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qo`shimcha o`quv vazifalar hajmi Xalq Ta'lim Vazirligi tomonidan belgilangan normativlar asosida taqsimlanadi. Maktabning o`quv tarbiyaviy ishlari, Xalq Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Bazisli uquv rejasi va umumiy o`rta ta'limning o`quv dasturlari orqali amalga oshiriladi.

O`quv fanlari, umumiy ta'lim dasturlari ro`yxati, o`quv vaqtining davomiyligi Bazisli uquv reja va umumiy o`rta ta'limning davlat ta'lim standartlari bilan belgilanadi.

Umumiy o`rta ta'lim qatnab o`qish va bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestatlar beriladi.

Mustaqil ravishda umumiy ta'lim dasturini o`zlashtirgan ishtirokchilarga, Xalq ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Eksterna haqidagi nizomga asosan, eksterna tartibda attestatsiyadan o`tish huquqi beriladi.

To`liq ma'lumot: www.uzedu.uz, www.eduportal.uz

 Umumiy o`rta ta'lim to`g`risida
Fayl hajmi: 246 Кб