Qo'shma ta'lim dasturlari

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI ASOSIDA TA’LIM FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI


“O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2022-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shma ta’lim dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi va faqat ijobiy ekspertiza xulosasiga ega bo‘lgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etishga ruxsat beriladi;
2022-yil 1-yanvarga qadar qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirayotgan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan ushbu qo‘shma ta’lim dasturlari mazkur qaror talablariga muvofiqlashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ekspertizadan o‘tkaziladi.

Bunda:

mazkur qarorning ilovasi bilan xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotiga qo‘yilgan talablar amaldagi qo‘shma ta’lim dasturlariga nisbatan tatbiq etilmaydi; ijobiy ekspertiza xulosasiga ega bo‘lmagan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha talabalarni o‘qishga qabul qilish to‘xtatiladi;
2022-yil 1-yanvarga qadar o‘qishga qabul qilingan va qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini ushbu dasturlarda belgilangan tartibda davom ettiradilar;
qo‘shma ta’lim dasturlari asosida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq kirish imtihonlari o‘tkaziladi;
ikkinchi bosqichda — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining buyurtmasi asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan kelishilgan muddatlarda qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihoni o‘tkaziladi.

Bunda:

birinchi bosqichda kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plagan abituriyentlar ikkinchi bosqichda o‘tkaziladigan imtihonda ishtirok etishga haqli;
ikkinchi bosqichda chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plagan abituriyentlar qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, o‘qishga qabul qilinadi;
qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tili bo‘yicha bakalavriatda (spetsialitetda) kamida B1 darajadagi, magistratura va klinik ordinaturada kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan o‘tkaziladigan imtihondan ozod etiladi va ularga mazkur bosqich uchun maksimal ball beriladi;
qo‘shma ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tashkilotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti joylashgan davlatda tan olinadigan diplom hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining davlat namunasidagi diplomi taqdim etiladi.

2024-2025 o'quv yili qabul parametrlari
Oliy ta'lim muassasasi nomi Faylni yuklash
1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali yuklab olish
2023-2024 o'quv yili qabul parametrlari
Oliy ta'lim muassasasi nomi Faylni yuklash
1. Farg‘ona politexnika instituti yuklab olish
2. Geologiya fanlari universiteti yuklab olish
3. Jizzax politexnika instituti yuklab olish
4. Namangan muxandislik-texnologiya instituti yuklab olish
5. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti yuklab olish
6. Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti yuklab olish
7. Qo‘qon davlat pedagogika instituti yuklab olish
8. Samarqand davlat universiteti yuklab olish
9. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yuklab olish
10. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali yuklab olish
11. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yuklab olish
12. Toshkent davlat texnika universiteti yuklab olish
13. Toshkent davlat yuridik universiteti yuklab olish
14. Toshkent farmatsevtika instituti yuklab olish
15. Toshkent moliya instituti yuklab olish
16. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali yuklab olish
17. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali yuklab olish
18. Toshkent tibbiyot akademiyasi yuklab olish
19. Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti yuklab olish
20. Andijon davlat universiteti yuklab olish
21. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti yuklab olish
22. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yuklab olish
23. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yuklab olish
24. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yuklab olish
25. Samarqand davlat chet tillari instituti yuklab olish
26. Toshkent davlat stomatologiya instituti yuklab olish
27. Toshkent tibbiyot pediatriya instituti yuklab olish
Qabul parametrlari 2021-yil
Oliy ta'lim muassasasi nomi Faylni yuklash
1. O'zbekiston milliy universiteti yuklab olish
2. Jizzax politexnika instituti yuklab olish
yuklab olish
3. Qo'qon davlat pedagogika instituti yuklab olish
4. Samarqand davlat universiteti yuklab olish
5. Toshkent davlat pedagogika universiteti yuklab olish
6. Toshkent davlat transport universiteti yuklab olish
7. Andijon mashinasozlik instituti yuklab olish
8. Buxoro muhandislik texnologiya instituti yuklab olish
9. Jizzax davlat pedagogika instituti yuklab olish
10. Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti yuklab olish
11. Qoraqalpoq davlat universiteti yuklab olish
12. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti yuklab olish
13. Samarqand davlat tibbiyot instituti yuklab olish
14. Samarqand davlat chet tillar instituti yuklab olish
15. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yuklab olish
16. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yuklab olish
17. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali yuklab olish
18. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yuklab olish
19. Toshkent davlat stomatologiya instituti yuklab olish
20. Toshkent davlat texnika universiteti yuklab olish
21. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti yuklab olish
22. Toshkent davlat yuridik universiteti yuklab olish
23. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti yuklab olish
24. Toshkent moliya instituti yuklab olish
25. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yuklab olish
26. Toshkent tibbiyot akademiyasi yuklab olish
27. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali yuklab olish
28. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali yuklab olish
29. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yuklab olish
30. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti yuklab olish
31. O'zbеkiston milliy univеrsitеtining Jizzax filiali yuklab olish
32. Urganch davlat universiteti yuklab olish
33. Toshkent davlat agrar universiteti yuklab olish
34. Farg'ona davlat universiteti yuklab olish
Nomi Faylni yuklash
1. 2023/2024 o‘quv yili qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari yuklab olish
2. 2022/2023 oʼquv yili qabuli uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʼshma taʼlim dasturlarining reestri yuklab olish