Oliy ta'limdan keyingi ta'lim

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga asosan, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali:
dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;
dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimi joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qarori qabul qilindi.

Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi OAK ilmiy kengashlarining ro'yxati

Программа мер по организации целевой подготовки научных и научно-педагогических кадров высшей квалификации(ma'lumot rus tilida)