Murojaatlarni ko`rib chiqish

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari (jismoniy va yuridik shaxslar) vazirlikka arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to`g`risidagi ma'lumotlar ko`rsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan holda va yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bilan bepul murojaat etishlari mumkin.

Murojaatga shaxsiy imzo qo`yish imkoni bo`lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo`yiladi.

Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo`lgan muddat ichida ko`rib chiqiladi, qo`shimcha o`rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o`n kunlik muddat ichida ma'lum qilinadi.

Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlari ularda qo`yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoki bo`ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o`z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli.

Voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini ko`zlab ariza, taklif va shikoyat ularning vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.

Vazirlik ko`rib chiqqan murojaatni ko`rib chiqish natijalari to`g`risida va qabul qilingan qarorning mohiyati haqida yozma shaklda xabar qiladi.

DIQQAT!

Vazirlikka elektron murojaat etish www.my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi Nizomga asosanamalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to`g`risida Nizom 6,15mb.

Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to`g`risidagi ma'lumotlar ko`rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko`rsatilgan murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko`rib chiqilmaydi.

Tizimdan foydalanish