Ilm-fan 2022

Elsevier

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi «Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning "Elsevier" kompaniyasi bilan hamkorlikda "Ilm-fan – 2020" milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda oliy ta’lim dargohlari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat. Elsevier kompaniyasi fan, ta’lim va tibbiyot sohasida innovatsion yechimlarni va mahsulotlarni taklif etadigan jahondagi eng yirik nashriyotlardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning qarorgohlari Amsterdam, London, Nyu-York shaharlarida joylashgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 70 ga yaqin ofislari bor.
Nashriyot «Reed Elsevier» media-xoldingning bir qismi bo‘lib, u jahonning eng yirik 500 kompaniyalari ro‘yxatiga kiradi. 2500 dan ortiq jurnallar, 20000 ga yaqin kitob va ma’lumotnomalarni chop etadi. Nashriyotda «Scopus» ilmiy nashrlar va sitata keltirish ma’lumotlar bazasini olib boradi, «Science Direct» ilmiy nashrlarni tarqatish tizimini rivojlantiradi. Milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi ilmiy jurnallarni "Scopus" va "ScienceDirect" xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Foydali havolalar

...

Sience 2020


...

Konferensiya taqdimotlari


...

Scopusdagi sizning jurnalingiz


...

Kutubxonalar uchun


...

Tadqiqotchilar uchun


...

Tashkilot rahbarlari uchun


...

Telegram kanalimiz


Yangiliklar