2023-2024 O'QUV YILI UCHUN QABUL REJASI:
2023/2024 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlari:
jami 207 415 nafar, shu jumladan 43 868 nafari grant, 163 547 nafari to‘lov-kontrakt:
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha jami 190 287 (34 930 nafar grant, 155 357 nafar kontrakt):
kunduzgi ta’lim shakliga — 127 259 nafar (34 930 nafar grant, 92 329 nafar kontrakt);
sirtqi ta’lim shakliga — 49 078 nafar (kontrakt);
kechki ta’lim shakliga — 11 125 nafar (kontrakt);
masofaviy ta’lim shakliga – 2 825 nafar (kontrakt);
b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 17 128 nafar (8 938 nafar grant, 8 190 nafar kontrakt) etib tasdiqlandi.
Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi qabul parametrlari quyidagi tartibda:
- davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning faqat davlat granti bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi (PF-31, 15.06.2023-y) bilan;
- to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, Tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda hamda Qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tasdiqlandi.