2016-yil 1-yarim yilining hisoboti

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2016 yilning I yarim yilligi yakuni bo`yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari to`g`risida ma’lumot.

2016 yil Investitsiya dasturiga 14 ta oliy ta’lim muassasalarining 52 ta ob’ektlari kiritilgan (22 065 o`quvchi o`ringa ega bo`lgan 30 ta o`quv binolari, 3 560 o`ringa ega bo`lgan 12 ta talabalar turar joylari, 5 ta sport inshootlari, 3 ta talabalar oshxonasi, 2 ta Axborot resurs markazlari, 1 ta madaniyat saroyi).

15 ta sport turi bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalarida o`tkazilgan “Universiada-2016” sport musobaqalarining birinchi va ikkinchi tur bosqichlarida jami 165 639 nafar sportchi talabalar ishtirok etdi.

186 ta bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va 434 ta magistratura mutaxassisliklariga doir o`quv reja va dasturlari rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi tajribasi bilan solishtirgan holda tanqidiy o`rganib chiqildi va tasdiqlandi.

Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida joriy yilning 2-choragida rejalashtirilgan xalqaro miqyosdagi 6 ta, respublika miqyosidagi 36 ta, vazirlik miqyosidagi 64 ta anjuman o`tkazildi.

2016-yil 1-yarim yilligi mobaynida Respublika oliy ta’lim muassasalarining 170 nafar professor-o`qituvchilari 15 dan ortiq xorijiy davlatlarida, 150 nafar talaba, magistrant va doktorantlar 20 dan ortiq xorijiy davlatlarida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar, malaka oshirish kursi, tajriba almashish va stajirovka o`tash maqsadida xorijiy safarda ishtirok etdilar. O`zbekiston oliy ta’lim muassasalarida dunyoning 27 ta mamlakatidan jami 643 nafar xorijiy fuqaro tahsil olmoqda.

2016-yilning 1-yarim yilligida 378 nafar rahbar kadrlar, 1294 nafar pedagog kadrlar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o`qidi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyidan 1464 nafar tinglovchilar xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan ustuvor 71 ta qayta tayyorlash va malaka oshirish yo`nalishlari bo`yicha kurslarda tahsil olmoqda. 2016 yil birinchi yarim yilligida oliy ta’lim muassasalarining 43 nafar boshqaruv kadrlari zaxirasi uchun maqsadli o`qitish kurslari tashkil etildi.

«Ta’lim» kompleks axborot tizimini yaratish va joriy etish konsepsiyasi, chora-tadbirlar rejasi hamda loyihani amalga oshirish yo`l xaritasi loyihalari ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. Ushbu kompleks axborot tizimini yaratish va joriy qilish uchun 1 850 mln. so`m miqdordagi mablag` AKTni rivojlantirish jamg`armasi tomonidan vazirlikka ajratilishi belgilangan.