Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari Dr.Web antivirusining ishonchli himoyasi ostida

“Doktor Veb - Sentralnaya Aziya” MChSh (Qozogʻiston Respublikasi) va “Orgsell” MChJ (Oʻzbekiston Respublikasi) oʻzaro loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligiga besh mingdan ziyod Dr.Web Enterprise Security Suite korporativ antivirus kompleksining mahsulotlari uchun litsenziyalar yetkazib berilishini amalga oshirdilar.

“Davlat muassasalarining axborot xavfsizligi, oliy o‘quv yurtlari, litseylar va kollejlar kompyuter tarmoqlarining uzluksiz ishlashi – ustuvor davlat masalalarining biridir. Ishonamizki, O‘zbekiston Respublikasida Dr.Web antivirus texnologiyalarini tarqatish umuman ta’lim muassasalarining AT-infratuzilmasini yanada zamonaviy, xavfsiz va eng oxirgi AX-tahdidlariga qarshi turishga bardosh qiladi, shuningdek yoshlar orasida antivirus mavzusiga qiziqish o‘sishi drayveriga aylanadi va litsenziyalangan dasturiy ta’minotdan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi” – dedi “Orgsell” MChJ rahbari.

Manba: Axborot xizmati

03.07.2018