Toshkent shahrida “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 fevraldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish to‘g‘risida”gi 124-f-son farmoyishiga asosan, 2018 yil avgust oyining birinchi o‘n kunligida Toshkent shahrida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkaziladigan “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiya 2 ta sho‘bada o‘z ishini olib boradi.

1-sho‘ba. Mumtoz o‘zbek adabiyoti tarixi va xalqaro miqyosda o‘rganilishining dolzarb masalalari;
2-sho‘ba. Zamonaviy o‘zbek adabiyotining xorijda o‘rganilishi.
Konferensiyaning o‘tkazilishi mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti bilan xorijlik mutaxassislarni yaqindan tanishtirish, o‘zbek adabiyoti tarixi, buguni va istiqbollariga doir qarashlar, mamlakatda adabiyot rivoji,
uni xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib etish yo‘lida amalga oshirilayotgan hamda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan islohotlar yuzasidan chet ellik soha vakillari bilan fikr almashish, respublikada milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash va targ‘ib etish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor etishga xizmat qiladi.
Mazkur konferensiyada oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda iqtidorli yoshlar o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Manba: Axborot xizmati

19.02.2018