Bobur – komil inson timsoli

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat targ‘ibot guruhi mahallalarda, turli tashkilotlarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir respublika Aksiyadorlik Xalq banki va uning Toshkent shahar filialida yuksak saviyada o‘tkazildi.

O‘zMU Jurnalistika fakulteti dotsenti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi To‘lqin Eshbek shoh va shoir, buyuk sarkarda va dilbar shaxs sifatida asrlar osha avlodlar qalbida mangu yashab kelayotgan ulug‘ ajodimizning boy ma’naviy merosi haqida qilgan ma’ruzasi tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirda Aksiyadorlik Xalq bankining Toshkent shahar filiali faol xodimlari Gulnoza Tursunova, Dilorom Shosultonova, Nilufar Do‘simova, Muhiddin Aliqulov, Sirojiddin Rajabov va boshqalar Bobur mirzo siymosiga bag‘ishlangan asarlarni katta qiziqish bilan mutolaa qilayotganlari haqida so‘zlab berdilar.

Manba: Axborot xizmati

17.02.2018