Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hamda Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Toshkent davlat texnika universitetining Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M.Atamurodov ochib berdi.

Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish, talaba-yoshlarni barkamol etib tarbiyalash, yoshlar kelajagimiz, ertangi kunimizning suyanchi va tayanchi ekanligi haqida taqdimot namoyish etildi.
Yoshlar o‘rtasida kitob bilan do‘st bo‘lish va kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish kerak, – deydi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining “Targ‘ibot” guruhi a’zosi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 5-bosqich talabasi M.Mirzayev. – Yoshlarni ta’lim olishlarida va ularning tarbiyasini yuksalishida kitob mutolaa qilishning o‘rni beqiyos. Faqat chuqur egallangan bilim orqali yoshlar hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari hamda egallagan kasblarining yetuk mutaxassisi bo‘lishlari mumkin.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarining kitob o‘qish va mutolaa madaniyati haqidagi fikr-mulohazalari bilan almashishdi.

Manba: Axborot xizmati

17.02.2018