“Yaponiya Hukumati stipendiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasi uchun magistrlarni tayyorlash” xalqaro hamkorlik loyihasi (JDS)

“Yaponiya Hukumati stipendiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasi uchun magistrlarni tayyorlash” xalqaro hamkorlik loyihasi (JDS) doirasida Yaponiya oliy ta’lim muassasalarini 16-mavsum bitiruvchi-magistrlarining hisobot taqdimoti “Whyndham Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Tokio, Xiroshima, Nagoya, Ritsumeykan, Meydzi va boshqa nufuzli universitetlarning magistraturasini bitirgan 15 nafar yurtdoshlarimiz agrar texnologiyalar, iqtisodiyot va biznesni rivojlantirish, moliya, huquq, energotejamkorlik va boshqa sohalar bo‘yicha yoqlagan magistrlik dissertatsiyalari yuzasidan Boshqaruv komissiyasiga axborot berishdi.

Anjumanda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchihonasi Birinchi kotibi (Shinichi Mukai), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (M.Xolmuxamedov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.Xodjayev), JICA (A.Eydji, A.Kendziro), JICE (Kaino Aya), Marubeni kompaniyasi (Ya.Fudzii), magistrantlarning buyurtmachi vazirlik, kompaniya va tashkilotlar vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Manba: Axborot xizmati

08.02.2018