Alisher Navoiy – millatimiz g‘ururi

Joriy yilning 8 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kichik majlislar zalida Vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan video-muloqot tashkil etildi. Respublika oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilarining bevosita ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbir, Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish, asarlarining mazmun-mohiyati, badiiy xususiyati va tarbiyaviy ahamiyatini talaba-yoshlar qalbi va ongiga chuqur singdirishga qaratildi.

Mazkur video-muloqotda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining professor-o‘qituvchilari “Navoiy va zamonamiz”, “Hozirgi o‘zbek adabiyotida Navoiy obrazi”, “Alisher Navoiy – Buyuk tilshunos” mavzularidagi ma’ruzalari hamda shoir Abdumajid Azim, shoira Adiba Umirovalar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.

Manba: Axborot xizmati

08.02.2018