O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan takliflar qabul qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 2 dekabr kuni Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishish jarayonida berilgan topshiriqlar bo‘yicha tayyorlangan bayonning 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda takliflar qabul qilinmoqda.

mamlakatning ustuvor ilmiy-texnologik taraqqiyot yo‘nalishlarini aniqlash va mazkur yo‘nalishlarga mos zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarni tashkil etish;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar grant loyihalariga muntazam ravishda tematik konkurslar e’lon qilish, bunda loyihalar ekspertizasi jarayonini “onlayn” rejimda interaktiv taqriz qilish usullaridan foydalangan holda tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot institutlari qoshida “ishlab chiqarishga joriy qilish xizmati” (Extension Services)ni tashkil qilish va ularning aniq vazifalarini belgilash;
tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini chuqur tahlil qilish asosida ularni bugungi kun talablariga muvofiq takomillashtirish, qayta tashkil qilish, yangilarini tuzish, vazifalarini innovatsion taraqqiyotni ta’minlashga yo‘naltirish, moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
mavjud intellektual mulk obyektlaridan 100 ta eng istiqbollisini tanlab olib, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, ularni baholash va ichki iqtisodiyot tarmoqlariga hamda xorijiy bozorga litsenziyalash mexanizmlarini joriy qilish.

Manba: Axborot xizmati

15.01.2018