Oliy ta’lim muassasalari uchun Internet tarif rejalari ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida imzolangan qo‘shma qarorga asosan Oliy ta’lim muassasalari uchun “O‘zbektelekom” AK tomonidan 50% gacha imtiyozli narxlar asosida hamda cheklanmagan trafik Internet tarmog‘i xizmatlari uchun tarif rejalari ishlab chiqildi.

Internet tarmog‘i uchun ishlab chiqilgan tarif professor-o‘qituvchilar va talabalarga o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishida yanada kengroq imkoniyat beradi.

Manba: Axborot xizmati

15.01.2018