“Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2017 yil 2 dekabr kuni soat 11.00da “Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi video-selektor majlisi tashkil etildi. Video-selektor majlisida oliy ta’lim muassasalari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, dekan o‘rinbosarlari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbarlari, O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari ma’sul xodimlari ishtirok etishdi.

Video-selektor majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida korrupsiya va huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish masalalari”, “Ta’lim muassasalarida terrorizm va diniy ekstremizm, odam savdosi kabi mudhish jinoyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” va “Oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildilar.

Video-selektor majlisida ta’lim muassasalarida joriy yilning
10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy qo‘rib chiqilib, kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Manba: Axborot xizmati

04.12.2017