O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4969-sonli farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil 20 oktyabrdagi 775-sonli buyrug‘i asosida joriy yil 1 dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida talabalarning respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyaga oliy ta’lim muassasalaridan 200 ga yaqin maqolalar kelib tushdi. Ekspert guruhlari tomonidan 100ga yaqin maqolalar saralab olindi.

Konferensiya yalpi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, inson sha’ni, uning qadr-qimmati yuksak e’zozlanayotgan diyorimizda Bosh qomusimizning ahamiyati to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.
Konferensiyada ishtirok etgan talaba-yoshlar 5 ta sho‘baga bo‘lingan holda muhokamalarda ishtirok etishdi. Tadbir so‘ngida sho‘balarda faol ishtirok etgan talabalar tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg‘alar, sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Manba: Axborot xizmati

04.12.2017