O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “MY FIRST PREZIDENT” ingliz tilidagi insholar to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua, Islom Karimov respublika xayriya jamoat fondi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va portal tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining rafiqasi T.A.Karimova ishtirok etdi.

Manba: Axborot xizmati

07.09.2017