Oliy ta’lim muassasalariga 2017/2018 o‘quv yiliga abituriyentlardan hujjat qabul qilish yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga 2017/2018 o‘quv yiliga abituriyentlardan hujjat qabul qilish joriy yil 15 iyul kuni yakunlandi.

Bu yil respublika bo‘yicha 59 ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 12 ta filiallariga

729 ming 947 nafar (2016 yilda - 663 ming 304 nafar) abituriyentlardan ariza qabul qilinganligi qayd etildi. O‘rtacha tanlov ko‘rsatkichi 1 o‘ringa 10.9 ni (2016 yil -11,5) tashkil etdi.
Eng ko‘p abituriyentlar hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasalari:
Termiz davlat universiteti – 36 ming 546 nafar (2016 yil 37 ming 676 nafar)
Qarshi davlat universiteti – 29 ming 529 nafar (2016 yil 26 ming 332 nafar)
Farg‘ona politexnika instituti - 27 ming 566 nafar (2016 yil 24 ming 334 nafar)
Jizzax davlat pedagogika instituti – 26 ming 970 nafar (2016 yil 25 ming 878 nafar)
Farg‘ona davlat universiteti – 26 ming 618 nafar (2016 yil 22 ming 135 nafar)
Andijon davlat universiteti – 25 ming 850 nafar (2016 yil 25 ming 991 nafar)
Samarqand davlat universiteti – 24 ming 515 nafar (2016 yil 22 ming 590 nafar)
Urganch davlat universiteti - 22 ming 579 nafar (2016 yil 20 ming 65 nafar)
Eng katta konkurs:
Qarshi davlat universiteti – o‘rtacha 1 o‘ringa 21,1 tani;
Andijon davlat universiteti – o‘rtacha 1 o‘ringa 21,0 tani;
Andijon tibbiyot instituti – o‘rtacha 1 o‘ringa 20,5 tani;
Termiz davlat universiteti – o‘rtacha 1 o‘ringa 20,3 tani;
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali – o‘rtacha 1 o‘ringa 18,7 tani;
Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali – o‘rtacha 1 o‘ringa 18,7 tani tashkil etdi.
Dinamika (abituriyentlar umumiy soni)
2011 yil – 418 724 nafar

2012 yil – 432 110 nafar

2013 yil – 480 540 nafar

2014 yil – 540 229 nafar

2015 yil – 605 947 nafar

2016 yil – 663 304 nafar

2017 yil – 729 947 nafar



Manba: Axborot xizmati

15.07.2017