Universitetning ilk qaldirg‘ochlari

Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning yangi zamonaviy modul tizimi asosida ta’lim olgan o‘zining yuksak iqtidori, salohiyati va izlanuvchanligi natijasida universitetni muvaffaqiyatli tamomlayotgan bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv yilida ushbu oliy ta’lim muassasasini 374 nafar bakalavr hamda 109 nafar magistratura bosqichi talabalari tamomladi.

Bitiruv marosimida bitiruvchilarni tabriklash, ularga diplomni tantanali topshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Otabek Murodov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov, Adliya vaziri Muzraf Ikramov, Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev, Oliy Sud raisi o‘rinbosari Bahodir Dehkanov, O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ubaydulla Mingboyevlar ishtirok etdi va bitiruvchi talabalarga diplomlarni taqdim etdi.

Shuningdek, jamoatchilik ishlari, ta’lim-tarbiya jarayonida faollik ko‘rsatgan bir guruh talabalarning ota-onalariga minnatdorchilik xatlari topshirildi.

Manba: Axborot xizmati

11.07.2017