Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida joriy yil 8 iyul kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

“Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida Andijon, Buxoro, Namangan, Urganch, Samarqand, Toshkent davlat iqtisodiyot, O‘zbekiston milliy, Qarshi davlat universitetlari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Navoiy, Jizzax, Nukus davlat pedagogika institutlari va M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toshkent filiali jamoalari ishtirok etishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra 1-o‘ringa Qarshi davlat universiteti va Navoiy davlat pedagogika instituti, 2-o‘ringa Samarqand davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 3-o‘ringa O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Nukus davlat pedagogika instituti munosib deb topildi.
G‘olib bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari jamoa a’zolari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplom, faxriy yorliq va pul mukofotlari hamda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Manba: Axborot xizmati

11.07.2017