2017 yilning 21 iyun kuni Jizzax politexnika institutida “Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumani to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda, vazirlikning “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 2017 yil 11 martdagi 136-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilning 21 iyun kuni Jizzax politexnika institutida “Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati xududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi M.V.G‘iyozov, Jizzax Davlat pedagogika instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Axmedov va bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda “JizzaxTV- 2” telekanali, “Jizzax” viloyat teleradiokompaniyasi va “Jizzax haqiqati” gazetasi muxbirlari, institut prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, “Informatsion texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar, jami 185 nafar qatnashchi ishtirok etdilar.

Ushbu matbuot anjumanini Jizzax politexnika instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.N.Alimov o‘z kirish so‘zi bilan boshlab, matbuot anjumanini ochib berdi.
Shundan so‘ng, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati xududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi M.V.G‘iyozov matbuot anjumani dasturiga kiritilgan “Elektron xukumatning joriy etilishiga doir ishlarning borishi” mavzusidagi ma’ruzasi hamda “Informatsion texnologiyalari” kafedrasi assistenti U.Xasanovning “Elektron pedagogika asoslari” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir so‘ngida mavzu yuzasidan fikr-muloxazalar bildirilib, yig‘ilganlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Mazkur matbuot anjumani “Jizzax TV- 2” telekanali, “Jizzax” viloyat teleradiokompaniyasi va “Jizzax haqiqati” gazetasi va internet saytlari orqali keng yoritildi.

Manba: Axborot xizmati

22.06.2017