O‘zbekiston Prezidenti Huawei’ning AKTda yoshlar ta’limiga qo‘shayotgan hissasini ijobiy baholadi

Xitoyga 12—15-may kunlari rasmiy tashrif bilan safar qilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy sarmoyadorlari va yirik kompaniyalari bilan uchrashar ekan, Huawei’ning yosh iste’dodlar ta’limiga va professional rivojiga qo‘shayotgan hissasiga alohida urg‘u berdi.

Bizga ma’lumki, Huawei dunyoning yetakchi axborot va telekommunikatsiya kompaniyasi bo‘lib, mamlakatimizda innovatsion loyihalarni muvafaqiyatli namoyish qilib kelmoqda.
Albatta, biz kompaniyaning O‘zbekistonda mobil operatorlar tarmog‘ini kengaytirishda, ‘Elektron ta’lim’ loyihalarini o‘tkazishda va AKT yo‘nalishida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidlashimiz lozim.
Hozirda O‘zbekistondagi Huawei markazida 400 dan ziyod mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Keyingi yilgacha ularning soni 1000 nafar kishiga ortishini hohlaymiz. Chunki biz uchun eng muhimi — yosh kadrlarga ta’lim berish va ularni rivojlantirishdir.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Buning isboti tariqasida, Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasida Huawei kompaniyasi Toshkent axborot texnologiyalar universitetidan 10 nafar yosh iste’dodlarni Xitoyga tajriba almashish uchun olib borganini ta’kidlash joiz. O‘zbekistonlik talabalar “Bir makon, bir yo‘l” forumining sessiyasilaridan birida chiqish qilib, Huawei’ning “Kelajak nihollari” (“Seeds for the Future”) asosiy ta’lim dasturini tanishtirdi. Mazkur dastur ikki hafta davomida Pekin va Shenchjen shaharlarida tashkil etildi.

2014-yilda biz Toshkent axborot texnologiyalar universiteti bilan 5 yillik hamkorlik dasturini imzolagan edik. Bu hamkorlik dasturiga ko‘ra, har yili Xitoyga O‘zbekistondan 10 nafar talaba olib ketiladi. Ularga AKT sohasidagi zamonaviy bilimlar beriladi.
Tanlangan talabalar bir hafta davomida Pekinda bo‘ladi. Ular bu yerda Xitoy madaniyati, tarixi va tilini o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi. Ikkinchi haftada o‘zbekistonlik talabalar Huawei bosh qarorgohi joylashgan Shenchjen shahriga tashrif buyuradi. Qarorgoh markazida ular kompaniyamizning dunyo bozorlarida namoyish qilayotgan hi-tech va innovatsiyalarimiz bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
Ishonchim komil, bu kurslar o‘zbekistonlik yosh iste’dodlarni yangi g‘oyalar va loyihalar yaratishga undaydi. O‘z navbatida, O‘zbekistonda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasi rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz.
Van Pen, Huawei’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

“Kelajak nihollari” loyihasi o‘zbekistonlik talabalarga mobil internet va telekommunikatsiya texnologiyalari borasidagi tushuncha va qarashlarini kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Bunda “IoT”, “5G tarmog‘i”, “Kiber havfsilik”, “Tarmoq havfsizligi” va boshqa yo‘nalishlar borasida amaliy ko‘nikmalar beriladi.

“Bir makon, bir yo‘l” forumi davomida O‘zbekiston talabalari “Kelajak nihollari” loyihasi yaratayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashdi va O‘zbekistonni hududda jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida namoyon qildi.

Ta’kidlash joizki, 2016-yilda Huawei va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hamkorlikda Huawei’ning rasmiy axborot va tarmoq akademiyasi hisoblangan HAINA loyihasini ishga tushirgan edi. Mazkur akademiya o‘ziga xos trening markazi sifatida yuzlab talaba va mutaxassislarni “Marshrutizatsiya va kommutatsiya yo‘nalishlari” bo‘yicha qayta tayyorlashi ko‘zda tutilgan. Aytish joizki, bunday mutaxassislarga O‘zbekistonning axborot texnologiyalar va telekommunikatsiya bozorida talab juda katta.

Manba: daryo.uz

21.06.2017