“Mamlakatdagi demokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini yaxshilashda huquqiy madaniyatning o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi doirasida 2017 yilning 20 iyun kuni Urganch davlat universitetida “Mamlakatdagi demokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini yaxshilashda huquqiy madaniyatning o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xorazm viloyati hokimini o‘rinbosari H.Ataxanov, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim mudiri, yu.f.d., prof. G.Matkarimova, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, t.f.d. D.Bobojonova, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yu.f.d. G.To‘laganova, Toshkent islom universiteti dotsenti, t.f.n. H.Yo‘ldoshxo‘jayev, UrDU ma’naviyat va ma’rifat ishlari prorektori S.Davletov, UrDU Tarix fakulteti dekani muovini Z.Odilovlar ma’ruza qilishdi.

Manba: Axborot xizmati

21.06.2017