“Xotira muqaddas, inson qadri aziz”

Xotira mangu, abadiy, qadr kishi dunyoqarashiga,uning turmush tarziga o‘zgacha mazmun kiritadi.

Bu xozirgi kunda yurtimizning barcha go‘shalarida o‘tkazilayotgan aksariyat tadbirlarda namoyon bo‘lmoqda. Mana shunday farovon, baxtli xayotimizni bizga tuhfa etgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga izzat-ikrom ko‘rsatish bizning insoniylik burchimizdir. Bunday insonlar doimo xalqimiz ardog‘ida, ular uchun xizmat qilish, ularning og‘irini yengil qilish biz uchun sharafdir. Bu kabi iliq fikrlar kuni-kecha Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ishtirokida “Xotira muqaddas, inson qadri aziz” mavzuida tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda keng yangradi. Unda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Taziyev Abdulla Zaripovich, Toshkent Oliy Umumqo‘shin Qo‘mondonlik bilim yurti Harbiy orkestri jamoasi, harbiy yo‘nalishidagi litsey o‘quvchi-yoshlari, institutning bir guruh faxriylari, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tadbirdan oldin Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga bayram dasturxoni yozildi va bayram sovg‘alari ulashildi. Tadbirda harbiy orkestr hamda institut talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarining yuragidan o‘rin oldi.

Manba: Axborot xizmati

12.05.2017