XOTIRA MUQADDAS, QADR ABADIY.

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand davlat universitetida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bayram arafasida universitetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan 220 nafar marhum ustozlarni xotirlab ularning oila a’zolariga, shuningdek 196 nafar bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlarga bayram tabriklari yetkazildi. Urush qatnashchilari, front orti hamda mehnat faxriylari universitet ma’muriyati tomonidan pul mukofotlari, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2017 yil 5 may kuni bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti hamda mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘ ekanligi, o‘tganlarni, ularni xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilat ekanligi haqida gapirdilar. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.S.Qosimov ishtirok etdi.

Manba: Axborot xizmati

11.05.2017