Institutda tafakkur sinovlari respublika tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi

Joriy yilning 10 may kuni TTYeSIda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 100-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat yuridik universitetining talabalari ishtirok etdi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirish hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratishdan iboratdir.

Manba: Axborot xizmati

11.05.2017