Mintaqaviy seminar mavzusi – narkomaniyaga qarshi kurash.

Narkomaniya umuminsoniy muammoga aylangan bugungi kunda Markaziy Osiyoda ushbu tahdidning oldini olish borasida qator maqsadli dasturlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil 3-6 may kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Cholpan ota tumani (Issiq ko‘l)da CADAP (Central Azia Drug Action Programme) dasturi doirasida “Profilaktika” komponenti bo‘yicha jurnalistlar va axborot xizmatlari vakillari uchun o‘tkazilgan hududiy o‘quv seminari ham aynan shu masalaga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalari vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda quyidagi masalalar qamrab olindi:

-narkomaniya muammosi va ijtimoiy fikr;
-narkomaniya muammosi bo‘yicha afsonalar va yolg‘on axborotlar;
-marketing va axborot ta’minoti siyosati;
-jurnalistlar va axborot beruvchi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik va b.
Interfaol mashg‘ulotlarni Polshadan tashrif buyurgan mutaxassislar Yanush Seraslavskiy va David Kravchiklar olib bordilar. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nomidan Axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirok etdi.


Manba: Axborot xizmati

10.05.2017