2017 yil 14-15 aprel kunlari Qarshi davlat universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Konferensiyada respublikamizning taniqli akademiklari, professor-o‘qituvchilari, fan doktorlari, fan nomzodlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiyani universitet rektori, professor B.Shoimqulov o‘zining “O‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish – yuqori malakali kadrlar tayyorlashning muhim sharti” mavzusidagi kirish ma’ruzasi bilan ochdi.

Yalpi yig‘ilishda Nizomiy nomidagi TDPU professori A.A.Abduqodirov, O‘zMU professori M.M.Aripov, Samarqand davlat chet tillar instituti professori M.X.Lutfullayev, QarDU professori A.Choriyev, QMII dotsenti Q.Tursunovlar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etildi.

Manba: Axborot xizmati

18.04.2017