“Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bellashuvlariga start berildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 martdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bellashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 139-sonli buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning aprel-may oylarida “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining 2017 yilgi mavsum saralash bellashuvlari hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Saralash bosqichi 16 ta bellashuvlardan iborat bo‘lib, unda 77 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etadilar. Mazkur bosqich yakunlari bo‘yicha bellashuvlarda 1- va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak final bellashuvlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Chorak final bellashuvlari joriy yilning iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: Axborot xizmati

24.03.2017