O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI «OLIY TA’LIMNI TAKOMILLAShTIRISh LOYIHASI» shartnoma №MHEP / IC / PMT-1 loyihani amalga oshirish guruhi Koordinatori

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Jahon bankidan oliy ta’limni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kredit mablag‘lari oldi. Loyihani amalga oshirish uchun Loyihani amalga oshirish guruhi shakllantiriladi. Loyihani amalga oshirish guruhining “Koordinator” lavozimiga qabul qilish rejalashtirildi.

Koordinator Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uchun Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarini bajaradi.

Talabgorlar quyidagi minimal talablarga mos ravishda ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari shart:

1. Moliya/iqtisodiyot, ta’lim va asosiy (texnik) yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega.

2. Kamida 7 yil oliy ta’lim tizimida davlat idoralari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini boshqarish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan. Kamida 5 yil magistr darajasida oliy ta’lim tizimida faoliyat.

3. Oliy ta’lim tizimida, ilmiy tadqiqot yo‘nalishida kamida 3-4 yil boshqaruv faoliyati. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar ishtirokidagi ta’lim, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi investitsiya loyihalarini boshqaruv faoliyati e’tiborli.

4. Boshqaruv tizimi bilmi va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muzokara olib borish tajribasiga ega.

5. Boshqaruv tajribasiga ega. O‘zbekistonda ta’lim tizimiga oid muhim masalalar bo‘yicha tajribaga ega.

6. O‘zbek tili, rus tili va ingliz tilida yaxshi bilimga ega.

7. Kompyuter texnikasidan foydalanish tajribasiga ega.

8. Jamoada va mustaqil ish tajribasiga ega. Vazifalarni qisqa muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha tajribaga ega.

Mehnat shartnomasi muddati, vazirlik tomonidan ijobiy fikr berilgan holatda, loyihani amalga oshirish muddatiga teng (2017-2022yy).

Tayinlanish 2017 yil mart oyida.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, loyihani amalga oshirish uchun mas’ul idora sifatida, ushbu vakansiyaga tanlov asosida ishga taklif etadi.

Taklif beruvchilar yuqorida qayd etilgan minimal talablarga javob beradigan shaxsiy ma’lumotlar (CV)ni taqdim etishlari shart.

Koordinator jahon banki talablari asosida tanlov natijalariga ko‘ra tayinlanadi.

Talabgorlar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini uzhewb@edu.uz elektron pochtasiga 2017 yil 10 martgacha yuborishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlar imzolangan bo‘lishi zarur. Tanlangan talabgorga telefon yoki elektron pochta orqali ma’lumot beriladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun dushanbadan juma kunlarigacha soat 09:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzil va telefon orqali murojaat etilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi

Kimga: M. Karimov, vazir o‘rinbosari

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Chimboy-2 ko‘chasi, 96 uy. 100000.

Tel: (+ 998-71) 246-01-38

Elektron manzil: uzhewb@edu.uz

Manba: Axborot xizmati

17.02.2017