O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan video-muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 2017-yil 9-fevral kuni shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy ijodi – milliy ma’naviy xazinamiz durdonasi” mavzusida video-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Video-muloqotda Navoiyshunos olimlar, respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining 1700 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Barcha oliy ta’lim muassasalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda mutaxassislar, olimlar tomonidan shoirning bebaho asarlari, uning turli masalalar borasidagi qarashlari yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Alisher Navoiy ijodini har qancha o‘rgansak, kamdek tuyulaveradi. Asarlarining yuksak axloqiylik mazmuni bilan bezatilgan har bir misralarida ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi hamda eng asosiysi komil insonni tarbiyalash masalasi tushunarli va go‘zal tarzda ifodalangan.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Til va adabiyot instituti professori Ibrohim Haqqul, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
professori Hamidullo Boltaboev, Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professori Sultonmurod Olim ma’ruzalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi. Navoiy asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik g‘oyalari, go‘zal axloqli bo‘lishning mohiyati, ta’lim-tarbiya olish masalasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ijodkor talabalar tomonidan Navoiy g‘azallaridan parchalar aytilishi tadbirga ko‘tarinki ruh va xush kayfiyat ulashdi.

Navoiy asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik g‘oyalari, go‘zal axloqli bo‘lishning mohiyati, ta’lim-tarbiya olish masalasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ijodkor talabalar tomonidan Navoiy g‘azallaridan parchalar aytilishi tadbirga ko‘tarinki ruh va xush kayfiyat ulashdi.

Manba: Axborot xizmati

09.02.2017