Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 2017-yil 7-fevral kuni Yaponiya universitetlari professorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tokio universiteti, Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar universiteti, Yaponiya xalqaro universiteti (biznesni boshqarish), shuningdek Nagoya, Yokogama, Xiroshima universitetlari professorlarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Inomjon Madjidov qabul qildi.

Mehmonlar O‘zbekistonda Yaponiya universitetlarida magistraturada tahsil olishga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish maqsadida tashrif buyurishgan.

Uchrashuvda JDS loyihasi bo‘yicha 2017-2018 loyiha yilida kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlik tomonidan suhbatlar va tanlov jarayonlarida inobatga olinishi zarur bo‘lgan jihatlar, respublikamiz oliy ta’lim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.

Tadbirda Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi (JICE) Bosh vakolatxonasi vakillari ham ishtirok etishdi.

Manba: Axborot xizmati

07.02.2017