Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligida Yaponiyaning О‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligida Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri R.Kasimovning Yaponiyaning О‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito (NobuakiIto) bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Uchrashuvda Yaapniyaning О‘zbekistondagi elchixonasini ikkinchi kotibi Kadzuyoshi Yamagiva ishtirok etdi. О‘zbekiston tomondan Toshkent davlat texnika universiteti rektori F.Rizayev, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori S.Yunusov hamda vazirlikning xalqaro aloqalar bо‘limi boshlig‘i Y.Irgashev ishtirok etdi.

Elchi Ito О‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya о‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning yuqori darajada rivojlanayotganini qayd etdi. Elchi yaqin kunlarda Toshkent shahridagi va viloyatlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalariga, shu jumladan TDTU va TTESIga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ta’kidlab о‘tdi.

Suhbat chog‘ida R.Kasimov О‘zbekistonda ta’lim tizimining rivojlanishida Respublikamiz Prezidenti SH.Mirziyoyevning sohaga oid farmon va qarorlarining, shu jumladan “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’limni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarorini ahamiyatiga alohida tо‘xtalib о‘tdi.

R.Kasimov О‘zbekiston texnologik va muhandislik sohalari bо‘yicha kadrlar tayyorlashga bо‘lgan e’tiborni oshirib borishini ta’kidladi. Jumladan, bu yerda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qishloq xо‘jaligi, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, energetika texnologiyalari nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, tomonlar о‘z amaliy ishini boshlayotgan О‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi faoliyatiga doir masalalarni ham muhokama qildilar.

Manba: Axborot xizmati

20.01.2017