VATANIMIZNING BUGUNI VA ERTANGI KELAJAGIGA BEFARQ EMASMIZ

4 dekabr – Mamlakatimiz, xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida barcha faol ishtirok etmoqda. Saylov uchastkalariga fuqarolar o‘zi munosib, deb topgan nomzodiga ovoz berish uchun kelmoqda.

Jumladan, poytaxtimizdagi 19 ta oliy ta’lim muassasasida 25 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi.

Har bir saylov uchastkasida imkoniyati cheklangan saylovchilarga ham zarur sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, mazkur muassasalarda saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashabbuskor guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu guruhlar tomonidan saylovchilarga ko‘mak berib kelinmoqda.

Saylov jarayoni davom etmoqda.

Manba: Axborot xizmati

04.12.2016