​Barcha oliy ta’lim muassasalarida “Prezident saylovi – demokratik yangilanish va islohotlar ko‘zgusi” darslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 748-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar Dasturi”ga muvofiq, barcha oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining mazmun-mohiyatini tushuntirish, saylov qonunchiligini targ‘ib qilish maqsadida “Prezident saylovi – demokratik yangilanish va islohotlar ko‘zgusi” darslari tashkil etildi.

Mazkur darslarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida oliy ta’lim muassasalari “Gumanitar fanlar” kafedrasi huquqshunoslik fanidan dars beruvchi professor-o‘qituvchilari jalb etildi. Darslar faollar zali va katta auditoriyalarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etildi.


Manba: Axborot xizmati

02.12.2016