OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIDA YURIDIK XIZMATI XODIMLARI UCHUN O‘QUV-SEMINAR BO‘LIB O‘TDI.

Joriy yilning 9 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 1500 nafar Vazirlik huzuridagi markazlar hamda barcha oliy ta’lim muassasalari yuridik xizmati xodimlari, kadrlar bo‘limi boshliqlari, ilmiy kotiblari, shuningdek O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markazi, Hududiy boshqarmalari yuridik xizmati xodimlari, kadrlar bo‘limi boshliqlari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari yuridik xizmati xodimlari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv seminar 18 ta respublika oliy ta’lim muassasalari va 2 ta Vazirlikning binosidagi videostudiyalar orqali tashkil etildi va quyidagi masalalar muhokamasi o‘tkazildi:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850-son “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqadigan Oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimidagi yuridik xizmati xodimlarining vazifalari haqida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 oktyabrdagi 362-son “Vazirlar Mahkamasining “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorini to‘g‘ri qo‘llash haqida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 iyundagi 164-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash choralari haqida.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni oliy ta’lim muassasalarida qo‘llash tajribasi haqida.

O‘quv-seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari I.U.Madjidov, bosh yuriskonsult R.Suleymanova, Vazirlik huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va ular bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi X.Sultonova, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat Mehnat huquq inspeksiyasi bosh mutaxassisi N.M.Teshayev, O‘zbekiston milliy universiteti bosh yuriskonsulti G.X.Yaxyayeva, shuningdek Vazirlikning Kadrlarni tayyorlash va Oliy ta’lim muassasalarini tashkiliy metodik ta’minlash Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.J.Rajabov, Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i B.Qodirov va
O‘zbekiston milliy universiteti mutaxassislari-ekspertlari tomonidan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Seminar yakuni bo‘yicha tegishli qarorlar va tavsiyalar qabul qilindi.

Manba: Axborot xizmati

09.11.2016