Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligida kengaytirilgan video-selektor yig`ilishi bo`lib o`tdi

Yig`ilishda vazirlikning tegishli boshqarma boshliqlari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar va markazlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari ishtirok etishdi.

Oliy va o`rta maxsus ta’lim vaziri R. Qosimov tomonidan olib borilgan ushbu kengaytirilgan video-selektor yig`ilishida bugungi kunda o`ta dolzarb bo`lgan masala muhokama qilindi:

O`zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi — PM.gov.uz portali orqali oliy ta’lim vazirligiga kelayotgan ariza va shikoyatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo`yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig`ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Axborot xizmati

29.10.2016