​DINIY EKSTREMIZM, TERRORIZM VA UNING SALBIY OQIBATLARI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Unda soha mutaxassislari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizm dunyo ahlining xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimizni yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgani, farovon hayotimizni ko‘ra olmaslik kayfiyati, tuzumimizga qarshi tajovuzdan iborat urinishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Davra suhbati davomida diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm insoniyat uchun katta muammoga aylanib borayotgani, beqarorlik keltirib chiqarishdan manfaatdor bo‘lgan kuchlar domiga tushub qolayotgan, ularga bilib-bilmay ergashayotgan va tinchligimizga rahna solishga urinayotganlar safida esa yurtimiz fuqarolari, ayrim yoshlarning ham borligiga befarq qarab bo‘lmasligi, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi hamkorlikda kurashishimiz lozimligi haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida namoyish etilgan “Qiyomatga qolgan qarz” filmi barchada katta taassurot qoldirdi. Talabalar bu mavzuda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.

Manba: Axborot xizmati

10.10.2016